Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahridagi ichimlik suvi sababli yuzaga kelgan toshqin oqibatida ayrim joylarda ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi
Andijon | Kun.uz sahifasi orqali Andijon shahrida Soy oldida quvur yorilishi natijasida suv toshgani, oqibatda suv ko‘p qavatli uylargacha yetib borgani to‘g‘risida video joylagan edik.
Mazkur holat Pirmuhammedov nomli ko‘chadan o‘tgan diametri 800 mm.li temir suv quvurida yuzaga kelgan. Hozirda “Andijon suv ta'minoti” MChJ tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Muammoni bartaraf etish paytida Andijon shahrining «Kengash», «Taxtako‘prik», «Hamdo‘stlik», «Haqiqat», «Mustaqillikning 21 yilligi», «Sarvontepa», «Jumabozor», «Qayrag‘och tagi», «Soy», «Qalandarxona», «Maydonbozor», «Yaxshi», «Shifokor», «Istiqlol», «Gumbaz», «Sog‘lom turmush», «Buyuk Turon», «Bunyodkor», «Qo‘shariq», «Obod», «Oqrovot», «Dehqonobod», «Madaniyat» va «Farobiy», «Bobur» nomli MFYlarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash vaqtincha to‘xtatildi.

Bu davr mobaynida aholiga ichimlik suvi maxsus texnika vositalari orqali yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Kutilmagan vaziyatdan jabrlanganlar va moddiy zarar ko‘rish holati mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 may kunidan 7 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00lardan 03:30larga qadar Andijon viloyati, Xonobod shahrining «Teyit» va «Xidirsha» MFYlarida kuchli sel kelgan. Natijada 700ga yaqin xonadon zarar ko‘rib, ikki kishi vafot etganini xabar qilgan edik.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025