Jahon | 20:12 / 07.05.2021
15902
1 daqiqa o‘qiladi

“AQSh bilan birgalikda”. Lukashenko Belarusda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilishi shartini aytdi

U Amerika hukumati qaytadan saylov o‘tkazish muddatini belgilashi bilan Minsk ham shu kuni saylov muddatini belgilashiga va'da berdi.

Foto: REUTERS/Vasily Fedosenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQShda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilgandagina Belarusda ham qayta saylov o‘tkazilishini aytdi.

«Men roziman. Omma oldida aytyapman. Men G‘arb talab qilayotgan saylovni o‘tkazishga roziman. Men tayyorman. Amerikaliklar bilan parallel ravishda», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.

U Amerika hukumati qaytadan saylov o‘tkazish muddatini belgilashi bilan Minsk ham shu kuni saylov muddatini belgilashiga va'da berdi.

Lukashenko G7 guruhining chaqirig‘iga shu tarzda javob qaytardi. Avvalroq Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh Belarusni siyosiy mahbuslarni ozod qilish va qaytadan saylov o‘tkazishga chaqirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid