Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Turkiyadan kelayotganlar bepul antigen test topshirishi yo‘lga qo‘yiladi
Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan shaxslar bepul antigen testlari topshirishadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ma'lum qildi.
So‘nggi vaqtlarda Hindiston va Turkiya davlatlarida epidemiologik vaziyat og‘irlashdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan O‘zbekistonda ham shu kabi vaziyat yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
«Bu ikki davlat bilan ham O‘zbekistondan muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda chora-tadbirlar ishlab chiqildi va respublika maxsus komissiyasiga taqdim etildi. Yaqin o‘rtada bu tadbirlar amalga oshiriladi.
Bu davlatlardan kelayotgan yo‘lovchilardan bepul ravishda koronavirusni aniqlaydigan antigen ekspress-test olinadi. Shu orqali kasallikni jilovlashga va mamlakatimizga koronavirusning boshqa shtammlari kirib kelishining oldini olishga muvaffaq bo‘lamiz», dedi Xolmamat Norboyev.
Mutasaddining aytishicha, dunyodagi epidemiologik vaziyat muntazam kuzatib boriladi va boshqa epidemiologik vaziyat murakkablashgan davlatlardan kirib keladigan fuqarolarga shunday tartib joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz Hindiston kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Ayni paytda bu davlatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 21 milliondan oshgan.
Bundan avvalroq, transport vazirligi Hindiston bilan aloqalarni vaqtincha to‘xtatish uchun qaror faqatgina maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:01 / 24.05.2025