Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timur Bekmambetov yirik xorijiy kinokompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishga yordam beradi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov kinorejissyor va prodyuser Timur Bekmambetovni qabul qildi.
Timur Bekmambetov O‘zbekistonga tashrifida turizm sohasi rivoji uchun kiritilgan investitsiyalar natijalari yaqqol ko‘zga tashlanganini ta'kidlab, mamlakatning sayyohlik va mehmondorchilik yo‘nalishidagi o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, u o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va oqko‘ngilligini alohida qayd etib, bu jihatlarni filmlarda aks ettirish lozimligiga urg‘u berdi. Kinorejissyor «do‘stlik poyezdi»ni tashkil qilishni taklif qildi, uning fikricha, bu barcha san'at namoyandalarini yanada birlashtiradi.
Tomonlar O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi. Filmlar, seriallar va boshqa kino mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi: Marko Poloning yoki Gonsales de Klavixoning Markaziy Osiyoga sayohatlari alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ olimlar hayoti va faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi. Amir Temur, Manguberdi kabi tarixiy shaxslar taqdiri hamda Kushon imperiyasi orqali mintaqaning boy tarixini ko‘rsatib berish lozimligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, Xo‘ja Nasriddin kabi xalq qahramonlarini ham e'tibordan chetda qoldirilmasligi qo‘shimcha qilindi.
Mehmon respublikaning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024