Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvida 4 kishi jarohatlandi
"Toshshahartransxizmat" “Isuzu” rusumidagi avtobus va yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7 may kuni soat 11:15larda "12-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi 130-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi “Isuzu” avtobusi Sergeli tumani, Nilufar 3-tor ko‘chasi bo‘ylab Nilufar chorrahasi tomon kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahada “Matiz” avtomobili avtobusning chap tomoniga kelib urilgan. Natijada, avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi “Matiz” haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzishi tufayli sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisiga tan jarohati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi qatnashchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025