Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi maktab-internatga bordi. Maktab 204 ta eshitish apparati bilan ta'minlanadi
Zamin fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan kar va eshitish qobiliyati zaif bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi.
Fond xabariga ko‘ra, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturi doirasida bu yil ushbu maktab zamonaviy FM-tizimlari, nutqni rivojlantirish uchun mashg‘ulot uskunalari kabi maxsus yordamchi uskunalar bilan jihozlanadi.
«Barcha o‘quvchilar eshitish qobiliyati diagnostikasidan o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, maktabga 204 ta eshitish apparati ajratiladi va koxlear implantatsiyalar o‘tkaziladi.
Shu yo‘l bilan bolalar uchun ta'lim va hayotni idrok etish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Nukus shahridagi maktab bilan bir qatorda Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi yana 7 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar yordamchi uskunalar bilan ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zamin fondi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ta'lim sifatini oshirish dasturini amalga oshirmoqda. Dastur doirasida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18ta maktabda informatika sinflari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
22:31 / 28.02.2025
Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub faoliyati bilan tanishdi
07:52 / 13.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva COP29'da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi
20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
17:54 / 16.10.2024