Andijondagi toshqin oqibatida vafot etgan 2 bola o‘limi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Andijon viloyati Xonobod shahrida 7 mayga o‘tar kechasi voyaga yetmagan ikki bola toshqin oqibatida vafot etgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov voqea tafsilotlarini ma'lum qildi.
«Menimcha, bu — ota-onaning xatosi. Shunday holatlarda amal qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari buzilgan. Ular ikki farzandi bilan hovliga chiqqan. Qaysidir vaqtga kelib, bolalar qarovsiz qolgan. Oqibatda ikkala bolani ham toshqin olib ketgan. Keyinchalik ularning jasadlari topildi», — deya ta'kidlagan Murod Sodiqov bedarak yo‘qolganlar yo‘qligini ma'lum qilgan holda.
«Bugun hammasi joyida. Yo‘qolganlar yo‘q. Afsuski, hozircha faqat ikki qurbon bor», — degan u.
Eslatib o‘tamiz, 6–7 may kunlari O‘zbekistonning qator viloyatlarida kuchli yomg‘ir kuzatilgan. Natijada ayrim hududlarga sel kelgan edi.
Andijonda 700ga yaqin xonadonga zarar yetdi, ikki bola halok bo‘ldi. Namanganda toshqin sabab avtomobil va temir yo‘l harakati cheklanib qoldi (https://kun.uz/news/2021/05/07/namanganda-suv-toshqini-oqibatida-ayrim-yollarda-transport-harakati-cheklandi). Surxondaryoda sel kelishi sabab bolalar bog‘chadan evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
21:10
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
09:51 / 06.11.2024