O‘zbekiston | 07:54 / 08.05.2021
2682
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘dod tumanidagi YTHda yana bir qizaloq vafot etdi

Voqea 4 may kuni Bog‘dod tumanining Qo‘shtegirmon qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. 

Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, fuqaro A.A. “Damas”  rusumli avtomashinasini Qo‘shtegirmon qishlog‘i hududida boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lni qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan T.M. ismli qizni urib yuboradi. Oqibatda T.M. ismli qiz hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, Farg‘onadagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etganligi bo‘yicha xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid