Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchida qovun pishdi. Tez kunda eksport boshlanadi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida qovun pishdi. Tez orada eksport qilina boshlanadi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Tumanning O‘tamayli qishlog‘i mirishkor dehqonlarining mehnatlari evaziga qovun erta yetishtirilmoqda.
«O‘zimizning tomorqamizda har yili turli xildagi poliz mahsulotlarini yetishtirib kelyapmiz. Daromadimiz yaxshigina, ro‘zg‘ordan orttirgan mablag‘dan ekin maydonimizni kengaytiryapmiz. Tomorqamizga ertapishar qovunning «Dakara» navini ekkanmiz. Hosil may oyining boshida pishib yetildi. Sotib daromad qilyapmiz», - deydi dehqon Rufat Bo‘riyev.
Dehqonlarning aytishicha, hududda joriy yilning fevral oyidan boshlab qovun parvarishiga kirishilgan. Bunda asosan «Jiyan», «Torpedo», «Aeroport» kabi eksportbop navlar tanlangan.
Ma'lumot uchun, urug‘lar avvaliga maxsus idishlarga ekilib, issiqxona sharoitida o‘stirib olinadi. Bo‘yi me'yoriga yetgan ko‘chatlar keng maydonga plyonka ostiga ekib chiqiladi. Kunlar isishi bilan palaklar baravj rivojlanishi uchun nihollar usti ochiladi. Bu usulni qo‘llash orqali chiroqchiliklar ertachi hosil olmoqda.
Mavzuga oid
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
18:02 / 16.05.2025