Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan 10 ta mamlakatga gilos eksport qilish boshlandi
Farg‘ona viloyatining Quva tumani va Quvasoy shaharlaridan xorijiy davlatlarga gilos eksporti boshlandi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining «Vodiy», «Marg‘ilon» va «Quvasoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga chiqarilayotgan gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2020 yilda qiymati 30 million dollarga teng 13 ming 360 tonna gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Gilos asosan Rossiya, Xitoy, Koreya, Litva, BAA, Polsha, Ukraina, Belgiya, shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonga eksport qilingan.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 48 million dollarga teng bo‘lgan jami 23,5 ming tonna gilos mevasini 11ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotgan. Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirg‘iziston 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
17:02 / 15.05.2025