Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko o‘z o‘limi holatida hokimiyatning topshirilishi haqidagi hujjatni imzoladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z o‘limi holatida vakolatlarining Xavfsizlik kengashiga topshirilishini ko‘zda tutuvchi “Suverenitet va konstitutsiyaviy tuzum himoyasi haqida”gi dekretni imzoladi. Belarus rahbari ushbu hujjatni imzolashini unga suiqasd qilishga va mamlakatda davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishlar ortida e'lon qilgandi.
Hujjat davlat rahbari suiqasd, terakt, tashqi tajovuz yoki boshqa zo‘ravon harakatlar oqibatida halok bo‘lsa, barcha davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari Xavfsizlik kengashi qarorlariga muvofiq harakat qilishini ko‘zda tutadi. Kengash yig‘ilishlariga bosh vazir raislik qiladi.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra, davlat rahbari o‘limidan keyin mamlakatda favqulodda yoki harbiy holat kiritiladi, Xavfsizlik kengashi esa ularni ta'minlash bo‘yicha choralarni belgilaydi. Bundan tashqari, kengash gubernatorlar ishtirokida prezident saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha qarorni qabul qiladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu dekret Belarus mustaqilligi va suverenitetini saqlashga qaratilgan va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Lukashenko 17 aprelda unga tayyorlangan suiqasd va Belarusda davlat to‘ntaruviga urinishning oldi olinganini ma'lum qilgandi. O‘shanda u bu urinishlar Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan fosh qilinganini aytgan. Biroq Belarus muxolifati ushbu ma'lumotlarni rad etib, ularni ig‘vo deb atagan.
Lukashenko davlat to‘ntaruviga urinish haqidagi xabarlardan keyin tez orada “chorak asrlik prezidentligi vaqtidagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilishini” aytgan. Keyinroq u prezident bilan biror kor-hol yuz bersa, uning vakolatlari Xavfsizlik kengashiga o‘tishi haqidagi hujjatni imzolashini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko
17:25 / 25.03.2025