O‘zbekiston | 21:16 / 10.05.2021
53666
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda qo‘shimcha dam olinadigan kunlar ko‘paydi

Farmonga muvofiq, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi va ayrim dam olish kunlari ko‘chirildi.

Foto: Shutterstock

Prezident farmoni bilan 2020 yil 3 dekabrda qabul qilingan farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, quyidagi sanalar ham 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi:

  • 14 may – juma;
  • 31 dekabr – juma.

Shuningdek, quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

  • 17 iyul – shanba kunidan 21 iyul – chorshanba kuniga;
  • 24 iyul – shanba kunidan 22 iyul – payshanba kuniga.

Bundan tashqari, 15 may – shanba, 21 iyul – chorshanba, 22 iyul – payshanba kunlari ham barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid