Andijonda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 233 mln so‘mlik bolalar ozuqalari to‘xtatib qolindi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Milliy Gvardiya va ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda Oltinko‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mazkur avtotransport vositasi yukxonasida chet elda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan 720 quti bolalar ozuqalari hamda 530 quti oziq-ovqat qo‘shimchalari borligi aniqlandi.
Sifatini va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi birorta ham hujjati bo‘lmagan mazkur oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy qiymati 233 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda ushbu tovar-moddiy boyliklar holatga aniqlik kiritilguniga qadar vaqtincha saqlovga olindi va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda 40 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlangan edi.
Mavzuga oid
21:10
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024