Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada xorijga chiquvchilar uchun 17 maydan boshlab vaksinatsiya pasportlari joriy etiladi
Pasportlar faqat vaksinaning ikki dozasini olgan britaniyaliklargagina berilishi ko‘zda tutilgan.
17 maydan boshlab xorijga safarga otlanayotgan britaniyaliklar uchun vaksinatsiya pasportlari joriy etiladi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, smartfon va planshetlar uchun ilova ko‘rinishidagi ushbu pasportlar milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) tomonidan beriladi.
Pasportlar faqat vaksinaning ikki dozasini olgan britaniyaliklargagina berilishi ko‘zda tutilgan. Xohlovchilar 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib emlanganligini tasdiqlovchi qog‘oz guvohnoma olishlari mumkin. Xorij safariga otlangan britaniyaliklar vaksinatsiya pasportiga ega bo‘lishi shart.
Ilovadan foydalanish uchun fuqarolar xorijga chiqishdan kamida ikki hafta oldin ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Hozirga qadar katta yoshli britaniyaliklarning 67 foizi (35,5 mln kishi) koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan, 34 foizi (17,9 mln kishi) esa har ikki dozasi bilan emlangan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025