Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida parrandachilik rivojlantiriladi
2021 yilda Farg‘ona viloyatida parrandachilik yo‘nalishida 116 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 43-son bayonida chora-tadbirlar belgilangan.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan tadbirlar dasturiga ko‘ra, 2021 yilda go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha chorvachilik yo‘nalishida qiymati 7 trln 245 mlrd so‘mlik 1 828 ta loyiha tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.
- Qoramolchilik yo‘nalishida 4 trln 567 mlrd so‘mlik 1 057 ta;
- Parrandachilikda 1 trln 95 mlrd so‘mlik 277 ta;
- Baliqchilik tarmog‘ida 1 trln 224 mlrd so‘mlik 317 ta;
- Asalarichilikda 41,2 mlrd so‘mlik 122 ta;
- Quyonchilikda 317,5 mlrd so‘mlik 56 ta loyiha ishga tushiriladi.
Jumladan, parrandachilik yo‘nalishida Samarqand viloyatida 185,5 mlrd so‘mlik 27 ta, Farg‘ona viloyatida 116 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:25 / 21.05.2025
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025