Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqoratlaganlikda gumon qilingan 11 kishining uyida tintuv o‘tkazildi
Gumonlanuvchilar 44 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lib, ular orasida pensioner, optikachi, ikki jurnalist, shifoxona xodimi, talaba va Molize universiteti professori bor.
Italiyada 11 kishi mamlakat prezidenti Serjo Matarellani ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish va unga tahdid qilishda gumonlanmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Rim prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda, deb yozadi Adnkronos.
Gumonlanuvchilar 44 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lib, ular orasida pensioner, optikachi, ikki jurnalist, shifoxona xodimi, talaba va Molize universiteti professori bor.
Ular davlat rahbarining sha'ni va obro‘yiga putur yetkazish hamda jinoyat sodir etishga undashda gumonlanmoqda.
Politsiya gumonlanuvchilarning uylarida tintuv o‘tkazgan hamda ularga tegishli mobil qurilmalar va kompyuter texnikalarini musodara qilgan.
Nashrning yozishicha, haqoratli izohlar 2020 yil aprelidan 2021 yil fevraligacha bo‘lgan davrda yozilgan. Izohlarda Italiya hukumatining karantin cheklovlari va boshqa harakatlari tanqid qilingan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025