Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrining sobiq vaqtincha hokimi hokimlikda ish boshladi
Po‘latov Jahongir Zokirovich joriy yilning yanvar oyida tajriba sifatida Qarshi shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Jahongir Po‘latov - Qarshi shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yetakchi mutaxassisi etib tayinlangan.
Jahongir Po‘latov shu paytgacha Qarshi shahridagi «Albamax» MChJ ijrochi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, avvalroq yanvar oyida 10 kun davomida Shahrisabz shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajargan Sabrina Tursunova ham rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
23:02 / 23.01.2025