O‘zbekiston | 08:48 / 11.05.2021
17418
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 9 may kungi mushakbozlik vaqtida feyyerverk bo‘lagi tomoshabinlar oldiga tushib portladi

9 may kuni butun mamlakatda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mushakbozlik o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi mushakbozlik vaqtida havoda portlamay qolgan feyyerverk bo‘lagi tomoshabinlarning oldiga tushib, keyin portlagani tasvirlangan video tarqaldi.

Mudofaa vazirligi bu holat chindan Toshkent shahridagi mushakbozlik tantanalari vaqtida sodir bo‘lganini tasdiqladi va Olmazor tumanidagi Ziyo hamda Shifonur ko‘chalari kesishmasidagi hodisada hech kim jarohatlanmaganini ma'lum qildi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid