Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrga qadar barcha hududlarda tun-u kun ishlaydigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi
2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi.
“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda ko‘chma savdo obektlari uchun joylar tadbirkorlik sub'yektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi, barcha tadbirkorlik sub'yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) ta'limga asoslangan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinadi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan, axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtiradi, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
08:12 / 29.04.2025