Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda voyaga yetmagan shaxs avtomashina salonidan 5 300 dollardan ziyod pullarni o‘g‘irladi
Marg‘ilon shahrida voyaga yetmagan fuqaro o‘zganing avtomobilidan 5 300 dollar va 1 000 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning 8 may kuni Marg‘ilon shahar, «Navro‘z» MFY hududida yashovchi fuqaro X.S. IIBga murojaat qilib, unda noma'lum shaxs yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan «Gentra» rusumli avtomashinasi salonidan 5 300 AQSh dollari va 1 000 000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan P.S. sodir etgani aniqlanib, u protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
17:34 / 06.05.2025
Voyaga yetmagan shaxslar bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi
14:36 / 16.03.2025
Farg‘onada inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni sotayotgan shaxs ushlandi
12:10 / 15.03.2025