Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada avtomaktabda ishlovchi ayol pora bilan qo‘lga tushdi
DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilgan ayol pora bilan qo‘lga tushdi.
Qayd qilinishicha, “Fergana avto Shcoll” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli haydovchilar tayyorlash maktabida kotiba vazifasida ishlovchi O.I G.A.ni Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB RIBda ishlovchi tanishlari orqali unga o‘qishga kelmasdan, imtihonlarga qatnashmasdan “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 10 kun ichida olib berishni va'da qilgan. Buning evaziga avtomaktab yonida 3 million 500 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Hozirda O. I.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada 200 dollar pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga jazo tayinlangani haqida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025