Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Damas» 71 yoshli piyodani urib yubordi. U shifoxonada vafot etdi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida «Damas» piyodalar yo‘lakchasida 71 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda u shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 12 may kuni A377 xalqaro avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tumani Kamolot mahallasi hududidan o‘tuvchi 22-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Past Darg‘om tumanining Baxshiboy mahallasida yashovchi 33 yoshli haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Damas» mashinasida harakatlanib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 71 yoshli piyodani urib yuboradi. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa kunning qorong‘i vaqtida ro‘y bergan. Shuningdek, haydovchi ham belgilangan tezlik qoidalarini buzgan holda harakatlangan.
Ta'kidlanishicha, hodisa yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025