Jamiyat | 19:49 / 17.05.2021
22021
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda guruh bo‘lib zo‘rlash holati Senat nazoratiga olindi

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Andijon tumanida yosh kelinchakning olti erkak tomonidan zo‘rlangani holatini nazoratga oldi.

Senat matbuot xizmatining qayd etishicha, 17 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda qo‘mitaga dastlabki ma'lumotlar taqdim etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Andijon viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatida besh nafar erkak dala shiyponida 18 yoshli kelinni zo‘rlagani, kelinning yaqinlari qonunbuzarlarga chora ko‘rishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Mavzuga oid