Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 24 marta qoida buzgan haydovchi qariyb 28 mln so‘m jarima to‘ladi
Farg‘onada 24 marta qoida buzgan haydovchi 27 million 846 ming so‘m qarzini to‘lab berdi. Qoidabuzarliklari uchun jarima to‘lamasdan kelayotgan haydovchining Gentra’si jarima maydoniga joylashtirilgach, u ushbu to‘lovlarni amalga oshirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga 2020 yil yanvar oyidan 2021 yil aprel oyiga qadar 24 marta qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro A.J.ga ma'muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar kelib tushgan.
Bu bo‘yicha haydovchi bir necha marotaba ogohlantirilgan. Biroq u jarimalarni to‘lamasdan, qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Shundan so‘ng MIB va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bir oy davom etgan tezkor tadbir davomida A.J. boshqaruvidagi Gentra avtomashinasi ushlanib, qarzdorlik undirilgunga qadar vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan haydovchi 27 million 846 ming so‘m miqdoridagi jarima pullarini to‘liq to‘lab bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
19:33 / 02.05.2025