Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda zaxiradagi yer maydonini 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Buxoro viloyati Buxoro tumanida zaxiradagi yer maydonini 8 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.H. firibgarlik jinoyatini sodir etayotganda qo‘lga olingan. Jumladan, u fuqarolar J. va B.ning ishonchiga kirib, ularga Buxoro tumani «Foshun» MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirgan. Tadbir davomida A.H. J. va B. dan oldindan kelishilgan 8 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025