Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiyadan so‘ng turizmning tiklanishiga qancha vaqt kerak bo‘lishi ma'lum qilindi
Koronavirus cheklovlari bois 2020 yilning dastlabki 10 oyi ichida turizm sohasi 935 mlrd dollar yo‘qotgan.
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvilining so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy zarardan so‘ng turizm tiklanishi uchun to‘rt yilga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.
Uning qayd etishicha, 2020 yilda xalqaro turistik sayohatlar soni 74 foizga pasaydi. Shu bilan birga, karantin cheklovlari sababli xalqaro turistik oqim 2019 yildagiga nisbatan bir milliardga qisqardi. Shuningdek, epidemiya turizm sohasida 100–120 mln ish o‘rni yo‘qolishiga olib keldi.
Koronavirus cheklovlari bois 2020 yilning dastlabki 10 oyi ichida turizm sohasi 935 mlrd dollar yo‘qotgan.
Pololikashvilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining ta'siri 2021 yilda ham davom etadi, chunki yangi shtammlar butun dunyoda yangi cheklovlar kiritilishiga olib kelishi mumkin.
Jahon turizm tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yilda turistlar soni 22–55 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025