Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda fuqaroni 5 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Buxoro shahrida fuqarolardan birini 5 ming AQSh dollari evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda I.O. fuqaro H.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali davlat tomonidan ajratilgan kvotalar asosida Koreya Respublikasiga ishlashga yuborishga va'da berib, undan 5 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro I.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025