Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi
19 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida AYoQShda yong‘in sodir bo‘ldi. FVV va “O‘zbekneftgaz” AJ rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugun soat 4:40larda “O‘zbekneftgaz” AJ “Farg‘ona neft bazasi” MChJ Qo‘qon filialiga qarashli “Qo‘qon-2” AYoQShda GAZ-53 rusumli yonilg‘ikash tomonidan Ai-80 avtobenzinini sig‘imga quyish jarayonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ushbu yonilg‘ikashdagi mavjud avtobenzin deyarli sig‘imga qo‘yib bo‘linganda chaqnash ro‘y bergan va buning natijasida GAZ-53 rusumli yonilg‘ikash yonib zarar ko‘rgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari hamkorligida qisqa muddatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirish uchun vazirlikning 8ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilingan va yong‘in bartaraf etilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu vaziyatni batafsil o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Yong‘in natijasida hech bir fuqaro va ishchi-xodimlarga hamda AYoQShga zarar yetmagan, jabrlanganlar yo‘q.
Avvalroq, Surxondaryodagi AYoQShda yuz bergan portlash natijasida bu yerda payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025