Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart qilib qo‘yildi
Saudiya Arabistoni aholisi 1 avgustdan koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi ma'lumotnomasiz davlat yoki xususiy muassasalarga, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa tadbirlarga tashrif buyura olmaydi. Bu haqda podshohlik ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.
«Koronavirusga qarshi kurash maqsadida va mutasaddi idoralar tavsiyalariga ko‘ra, istalgan davlat yoki xususiy muassasaga kirish, har qanday madaniy, ilmiy, ijtimoiy va ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etish, jamoat transportidan foydalanish uchun 1 avgustdan emlangan bo‘lish shart qilib belgilandi», deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, keyingi o‘quv yilidan podshohlikdagi barcha ta'lim muassasalari epidemiyaga qarshi zarur choralarga amal qilish sharti bilan ochiladi.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida aholini koronavirusga qarshi emlash jadal sur'atlar bilan bormoqda. Podshohlik 34,2 mln aholisining 11,8 mlndan ko‘prog‘i emlanib bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025