Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi maslahatchisi Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlab kelgan Iqbol Ergashev Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Iqbol Ergashev 1981 yil 26 mayda Quva tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Farg‘ona davlat universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
2002-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi viloyat boshqarmasida, 2010-2016 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Iqbol Ergashev 2016 yildan hozirga qadar O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025