Sirdaryoda klaster ishchilari velosipedlarda xalqaro yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolarning velosipedlarda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida mashinalar qatnovini to‘sib harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
Tasvirda fuqarolardan biri o‘zlarining «Indorama» ishchilari ekani va ish tashlash e'lon qilganini aytgan. Shuningdek, yo‘lovchilarning savollariga javoban suvchi-dehqon ekani, ish haqi kam ekanidan noroziligini bayon qilgan. «1,5 million so‘m oylik berardi, yetmayapti o‘zi, shuni ham kamaytirmoqchi bo‘lyapti», deydi ishchilardan biri. Xalqaro avtomobil yo‘liga chiqqan velosiped haydovchilari yo‘lni to‘sishdan maqsad tegishli amaldorlar bilan gaplashish ekanini aytgan.
Kun.uz manbasi mazkur holat M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati hududida ro‘y berganini ma'lum qildi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati mazkur voqea bugun, 20 may kuni ertalab bo‘lganini ma'lum qildi. Axborot xizmatiga ko‘ra, videolarda tasvirlangan fuqarolarning barchasi «Indorama» klasteri ishchilari bo‘lib, mazkur tashkilot Qashqadaryo va Sirdaryoda ham faoliyat ko‘rsatadi.
Hokimlik tomonidan ayni vaqtda holatni o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil etilgani, o‘rganish natijalari bo‘yicha bayonot berilishi ma'lum qilindi. Sardoba tuman hokimligi ham yo‘lni yopganlar «Indorama agro» klasteri ishchilari ekanini tasdiqlagan.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025