Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas» yangi modifikatsiyada ishlab chiqariladi
«UzAuto Motors» «Damas» rusumli avtomobilni yangi modifikatsiyada ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bu haqda «UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati, Pitnak shahridagi zavodda ochilgan yangi press-majmuaga bag‘ishlangan tadbirda xabar berilgan.
«Blue line» nomini olgan «Damas»ning yangi modifikatsiyasida asosiy o‘zgarishlar intererda yuz beradi – yangicha chexol, rul va bar o‘rnatiladi.
Avtomobilning narxi va qachondan seriyali ishlab chiqarilishi hozircha ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, «Damas» 1996 yildan Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan mini-ven bo‘lib, Suzuki Carry avtomobilining nusxasidir. Sakkiz o‘rindiqli yo‘lovchi tashuvchi, ikki o‘rindiqli va orqasi ochiq (pikap), ikki o‘rindiqli va orqasi yopiq hamda ikki o‘rindiqli va orqasi kuzovga biriktirilgan furgonsimon («Labo») turlari bor.





Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
15:29 / 02.05.2025