Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish uchun 3 mlrd dollar ajratadi
XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar Xitoy turli mamlakatlarga 300 mln doza vaksina yetkazib berdi va xorijlik sheriklarga yanada ko‘proq vaksina yetkazib berish niyatida.
Xitoy hukumati uch yil davomida rivojlanayotgan mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy o‘sishni tiklash uchun 3 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin sog‘liqni saqlash bo‘yicha global sammitda ma'lum qildi.
"Xitoy kelayotgan uch yil davomida xalqaro yordam sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy o‘sishni tiklash uchun yana 3 mlrd dollar ajratadi", - dedi u.
XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar Xitoy turli mamlakatlarga 300 mln doza vaksina yetkazib berdi va xorijlik sheriklarga yanada ko‘proq vaksina yetkazib berish niyatida.
"Xitoy o‘zining vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga texnologiyalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga berish hamda ular bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yordam bermoqda", - deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025