Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi
Xorazm viloyatida fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Xorazm viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangan.
Jumladan, fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan «X.» MChJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar shaxsga haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 750 AQSh dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:42 / 24.03.2025
Qirg‘izistonda qoidabuzar haydovchilardan to‘xtatilgan joyda imtihon olinadi
16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi
11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?
18:37 / 20.01.2025