Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pilla - dehqonchiligimiz boshi, yillik kayfiyatimiz shu hosilga qarab bo‘ladi» - namanganlik fermer
Mingbuloqlik Xursanboy Yoqubov fermerlik qiladi. Dehqonchilik har yili pilla yetishtirishdan boshlanadi.
«Buni ham uncha-muncha odam tutolmaydi. Osonmas, o‘zining sirlari bor, nihoyatda nozik narsa. Allohning bir mo‘jizasi bu ham. Bundan keyin, mana, g‘allaga turibmiz, 20 kunlardan keyin g‘alla kelyapti. Paxtamiz turibdi, qo‘shimcha ekinlarimiz bor, shular buning hosiliga qarab ketadi. Kayfiyat yaxshi bo‘lsa, hammasi yaxshi bo‘ladi, Xudo xohlasa», — Xursanboy Yoqubov.

Fermer yiliga 5 quti ipak qurti boqadi. Fermerning aytishicha, ipak qurti parvarishi o‘ziga xos mehnat va sharoit talab qiladi.

«Har yili pilla bilan 5 ta oila band bo‘ladi, 5 quti pilla tutaman. O‘zim ham yordamlashaman, barg kesishaman, Xudoga shukr, pillamiz yaxshi, 1 qutisidan 90 kg.cha pilla olamiz, Xudo xohlasa», — deydi u.

O‘zbek milliy matolari — atlas, adras, shoyi - dunyoga mashhur, ular esa pilladan hosil bo‘lgan tolalardan to‘qiladi.
Mavzuga oid
10:03 / 01.05.2025
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili
13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
11:19 / 02.04.2025
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
15:49 / 01.04.2025