Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘zimni ochib bolam nafas olayotganiga shukur qilaman” – oqqonni yengishda madad bo‘laylik
O‘tgan hafta Toshkentdagi Gematologiya markazida o‘ziga xos esda qolarli voqealar bo‘ldi. Shaxsan davlat rahbarining bemor bolalardan xabar olishi hech kimning xayoliga kelmagan edi. Bemorlarning tuzalishiga qaratilayotgan e'tibor va mablag‘lar ularning tezroq sog‘ayishi uchun xizmat qiladi. Ammo bu kasallik uzoq va qat'iy davolanishni, parvarishni talab qilishi har qanday oilani ham charchatib qo‘yadi.
“Qizim mensiz qanday katta bo‘ladi?”
Bir qizaloqning otasi bo‘lgan Doston bu xastalikning boshlanishini oddiy tish og‘rig‘i va charchoq, holsizlik bilan boshlanganini aytadi. “Qon tahlillarim menda shu kasallik borligini ko‘rsatdi. Qizim mensiz qanday katta bo‘lishi, ota-onam mensiz nima qilishlarini o‘ylab siqildim. Qo‘limdan biror ish kelmasligidan, ota-onamga yordam berolmayotganimdan afsuslanaman”, – deb o‘ylanadi u.
“Onkogematologiya degan yozuvni ko‘rib miyamga bir narsa bilan urilganday bo‘ldi. Men o‘ylagan narsa bo‘lib chiqmasin deb Xudoga yolvordim. O‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim” deydi onasi Gulchehra opa.
- Doston Shoyimqulovga oid ma'lumotlar:
- Agrobank: 8600 0423 6032 3900 akasi Bobur Shoyimqulov nomida
- Sberbank: 4276 3801 6381 5140 qarindoshi Jonibek Musurmonov nomida
- Telefon: +998946586565 (bemor)
“Shu dardni menga bersa bo‘lmasmidi?”
3 yashar qizaloq kasallik tufayli o‘z egizagi bilan birga o‘ynash, baravar yugurish baxtidan mosuvo. Hattoki umid yo‘qligini ham aytishgan. Ammo Allohning marhamati bilan qizchada yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lgan. Ayni paytda muolajalarni davom ettirishi zarur.
“Ba'zida qaysidir gunohim uchun bolam xastalikka chalindimi deb o‘zimni ayblayman. Shu dardni menga bersa bo‘lmasmidi? Har kuni ko‘zimni ochib bolam yonimda ekanligiga, nafas olayotganligiga shukur qilaman” deb yig‘idan o‘zini to‘xtatolmaydi onasi Saida.
- Fotima G‘ofurovaga oid ma'lumotlar:
- Agrobank: 8600 0423 0328 7030 onasi Saida Sodiqova nomida
- Xalq banki: 8600 0604 0872 4558 onasi Saida Sodiqova nomida
- Telefon: +998991761024 (onasi)
Onaning o‘rnini hech kim bosolmaydi
Samarqandlik Husniya opa oqqon sabab 5 oydan beri shifoxonada. Shifokorlarning dori-darmonlari, qon quyishlari bilan umr kechirmoqda. Lekin ayni vaqtda unga ilik ko‘chirish operatsiyasi lozimligi sabab yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtoj. Opaning turmush o‘rtog‘i uning operatsiyasiga pul topish maqsadida xorijga ishlash uchun ketgan. Uning yuborganini ham ro‘zg‘ordan orttirish mushkul: 3 farzanddan faqat katta qizini turmushga uzatishgan. Kuyovi vafot etganligi sababli nevarasi va qizi ham uning qaramog‘ida.
“Opam qiynalib ketdi, o‘zini o‘ylamasa ham farzandlarini o‘ylab siqiladi juda. Ahvoli og‘irlashganda “bolalarimga o‘zing bosh bo‘lasan” deydi. Hech kim onaning o‘rnini bosolmaydi axir”, deya yig‘laydi singlisi Musavvara opa.
Husniya Rahimovaga oid ma'lumotlar:
- Agrobank: 8600 0417 3901 5072 Husniya Rahimova nomida
- Sberbank: 4817 7601 9785 9378 qarindoshi Hamza Xayrullayev nomida
- Telefon: +998942593868 (bemor)
- “Ota-onamga qiyin bo‘ldi”
27 yoshli Jahongirning kasallik bilan kurashuvi oson kechmayapti. Dardga bardosh berish, og‘riqlarni yengish bilan birga ichki iztiroblar ham yigitga azob beradi.
“Dadam dam olmaydi, mening dorilarimga pul topish uchun tinmay kira qiladi. Ayni ularga qalqon bo‘ladigan paytimda yotib qolganimga afsuslanaman”, deya o‘kinadi u. Jahongir bu dardga 3 yil avval chalingan, qaytalanib qolgani sababli yana muolajalarni davom ettiryapti. Ayni paytda shifokorlar unga ilik ko‘chirish operatsiyasi zarurligini aytishgan.
Jahongir Haydarovga oid ma'lumotlar:
- Xalq banki: 8600 0610 9237 9550 Jahongir Haydarov nomida
- Sberbank: 4276 4000 7386 6981 qarindoshi Umidjon Haydarov nomida
- Telefon: +998995304713 (otasi)
Xalqimizda savob ishlarni ko‘proq ado etishga moyillik azaldan bor. Zero, mablag‘ bo‘lmasa bir hovuch duo ham ehson o‘rnida o‘tadi. Duolarimiz va ehsonlarimiz tufayli farzandlar ota-onasidan, ota-onalar esa farzandlaridan judo bo‘lmasliklariga sabab bo‘lsak ajab emas.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi Mirvohid Mirrahimov
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025