Keles ko‘prigi orqali transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi
Keles ko‘prigi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
4R-4 «Toshkent sh. – Keles sh. –Qozoqkensoy q. – M39» avtomobil yo‘li (820 km) Sariyog‘och qishlog‘i shoxobcha avtomobil yo‘lida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) sun'iy inshootida 2021 yil 23 may kuni soat 11:00dan ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatildi.
Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalari harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 va 4K-702 avtomobil yo‘li orqali tashkil etildi (suratda ko‘k rangda).
“Hurmatli fuqarolar. YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga, tartib-intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta'minlashga hissa qo‘shing”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:20 / 20.12.2023
Kelesda 4 yashar qizga nisbatan bog‘chada jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani aytilmoqda
12:20 / 20.10.2022
Kelesda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi
17:39 / 09.02.2022
Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yangi ko‘prik qurib bitkazildi
22:39 / 19.12.2021