Jahon | 18:03 / 24.05.2021
5231
1 daqiqa o‘qiladi

Litva o‘z fuqarolariga Belarusni tark etishni tavsiya qildi

Qayd etilishicha, bu tavsiya Ryanair aviakompaniyasi samolyotining Minskda majburan qo‘ndirilishi va uning bortida bo‘lgan NEXTA Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevichning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq.

Litva tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Belarusni zudlik bilan tark etish, bu davlatga borishni rejalashtirganlarga esa rejasidan voz kechishni tavsiya qildi.

Qayd etilishicha, bu tavsiya Ryanair aviakompaniyasi samolyotining Minskda majburan qo‘ndirilishi va uning bortida bo‘lgan NEXTA Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevichning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq.

Ta'kidlanishicha, Belarus hukumatining bunday harakati nafaqat belarusliklar, balki respublika hududida bo‘lib turgan xorijliklar uchun ham xavflidir.

23 may kuni Afina-Vilnyus yo‘nalishida parvoz qilayotgan Ryanair aviakompaniyasi samolyoti minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Minsk aeroportiga majburan qo‘ndi. Samolyot aeroportga qo‘nishi bilan uning bortida bo‘lgan Protasevich qo‘lga olindi.

Protasevich ekstremizm va terrorizmda ayblanmoqda. U 15 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Mavzuga oid