Jahon | 16:40 / 24.05.2021
6850
3 daqiqa o‘qiladi
Minskda Ryanair samolyotining majburan qo‘ndirilishi haqida nimalar ma'lum?
Samolyot bortida Belarusda ekstremistik deb tan olingan NEXTA Telegram-kanalining sobiq muharriri va asoschilaridan biri Roman Protasevich bor edi. U qo‘lga olindi.
23 may kuni Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Samolyot bortida Belarusda ekstremistik deb tan olingan NEXTA Telegram-kanalining sobiq muharriri va asoschilaridan biri Roman Protasevich bor edi. U qo‘lga olindi.
Voqealar rivoji
- Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Minsk aeroporti matbuot xizmati Afinadan Vilnyusga uchgan samolyot «minalashtirish» haqidagi xabardan so‘ng majburan qo‘ndirilganini ma'lum qildi. Samolyot minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabar tasdiqlanmadi va Belarus tergov qo‘mitasi bu ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
- Aniqlik kiritilishicha, samolyot bortida 123 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Litva ushbu reysda 12 mamlakatdan 170ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgani, ularning 90 nafardan ortig‘i litvaliklar ekanini bildirdi.
- Ryanair kompaniyasi samolyot bortida Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari bo‘lganini taxmin qilmoqda.
- Belarus mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, samolyotni kuzatib borish uchun MiG-29 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan.
- Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:50da Vilnyusga uchib ketdi.
- Belarusda Ryanair samolyotining qo‘ndirilishi voqeasi bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgani xabar qilindi.
Protasevich nimada ayblanmoqda?
- 2020 yil oktyabrda Belarus oliy sudi mamlakatda NEXTA Telegram-kanali va uning logotipi ekstremistik deb topilgani, kanal asoschilari Stepan Putilo va Roman Protasevichlarga nisbatan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik ayblovlari ilgari surilgan.
- 2021 yil fevralda Belarus Polshaga Putilo va Protasevichni ekstraditsiya qilish bo‘yicha hujjatlar jo‘natgan.
- Ular shuningdek, terrorizmga aloqador shaxslar ro‘yxatiga ham kiritilgan.
- Mamlakat jinoyat kodeksiga ko‘ra, Protasevich 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Xalqaro hamjamiyatning javobi
- Litva prezidenti Gitanas Nauseda samolyotni Minskda qo‘nishga majbur qilishgan, deb hisoblamoqda.
- Latviya va Chexiya Belarusga norozilik bildirishga qaror qildi. Gretsiya, Avstriya, AQSh, Irlandiya, Kipr ham bu voqeani qoraladi. Belgiya hukumati «Belavia» samolyotlariga YeI mamlakatlari aeroportlariga qo‘nishni taqiqlashni taklif qildi.
- Berlin Yevroittifoq Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kiritishga majbur bo‘lishini bildirdi. AQSh va Yevroittifoqdagi qonun chiqaruvchilar Belarus uzra parvozlarni taqiqlashga chaqirdi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi ham Belarusni «jiddiy oqibatlar» to‘g‘risida ogohlantirdi.
- Yevroparlament bo‘lib o‘tgan voqeani davlat terrorizmi, Lukashenkoni esa diktator deb atadi.
Mavzuga oid
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
08:01 / 20.07.2022
ICAO Belarusni Ryanair samolyotidagi bomba haqidagi yolg‘on uchun qoraladi
08:53 / 06.06.2022
Ryanair JAR fuqarolarini parvozdan oldin afrikaans tilida imtihondan o‘tishga majburlamoqda - OAV
23:29 / 09.12.2021