Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda birovning xonadonidan 3 100 dollar o‘g‘irlagan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida birovning xonadonidan 3 100 AQSh dollari o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9-11 may oralig‘ida noma'lum shaxslar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Xovos tumani Fidokorlar ko‘chasida yashovchi 43 yoshli D. Izolatning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
So‘ng, yashash xonadoni mehmonxonasida turgan sandiq qulfini buzish yo‘li bilan ochib, sandiq ichida bo‘lgan jami 3 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Qayd etilishicha, olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni 19 yoshli X. Sanjar va S. Yorqinbeklar sodir etkanliklar aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan jami 3 100 dollar miqdoridagi pul mablag‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan noma'lum shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b», «g» bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
17:39 / 28.02.2025