O‘zbekiston | 18:21 / 24.05.2021
7203
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Moskvaning Domodedovo aeroportiga qatnovlarni tiklaydi

2021 yilning 15 iyunidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahrining Domodedovo aeroportiga qatnovlarni tiklaydi.

Foto: Boeing 767 Domodedovo aeroportida. Dmitriy Osipov / airliners.net

Milliy aviakompaniya rasmiy Telegram kanalida xabar berilishicha, parvozlarning tiklanishi xususidagi qaror avvalo O‘zbekiston havo yo‘llari reyslarida yo‘lovchilarning qulayligini ta'minlash va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun qabul qilingan.

«Uzbekistan Airways» AJ va Domodedovo aeroporti hamkorligi sherik aviakompaniyalar parvozlarining keng geografiyasi hamda transfer reyslar tufayli O‘zbekistonda turizmni dinamik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

«Bizning hamkorligimiz yo‘lovchilar uchun vaqt tejalishi va uchishlar uchun xarajatlarning qisqarishi borasida yangi imkoniyatlar ochadi», — degan Uzbekistan Airways’ning Rossiya Federatsiyasidagi hududiy vakili Akmal Jo‘rayev.

Foto: Domodedovo aeroporti direktori Andrey Pavlov / Aviation explorer

«Biz hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqdamiz va aeroportning texnologiya va nufuzidan Uzbekistan Airways’ning bozordagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida foydalanish niyatidamiz. Ishonamanki, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati turistlarni jalb etadi, aviakompaniya reyslaridagi qulaylik va xizmatlar Domodedovodan uchishni tanlashga xizmat qiladi», — degan Moskvaning Domodedovo aeroporti direktori Andrey Pavlov.

Mavzuga oid