O‘zbekiston | 18:30 / 24.05.2021
5854
1 daqiqa o‘qiladi

Yuzdan ortiq o‘zbekistonlik san'atkorlar Dushanbedagi "Do‘stlik oqshomi" konsertida ishtirok etadi

Ular 10 iyun kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Ko‘hi Borbad» konsert zalida bo‘lib o‘tadigan «Do‘stlik oqshomi» konsertida chiqish qilishadi.

Foto: City24

7 iyun kuni yuzdan ortiq o‘zbekistonlik san'atkorlar O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi charter reysi bilan Dushanbe shahriga yetib keladi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus».

Nashrning yozishicha, ular 10 iyun kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Ko‘hi Borbad» konsert zalida bo‘lib o‘tadigan «Do‘stlik oqshomi» konsertida chiqish qilishadi.

Tojikiston madaniyat vazirligining xabar berishicha, konsertda shuningdek, Tojikistondan 150 nafarga yaqin san'atkor qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, 10-12 iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida uning Xo‘jand shahriga borishi ham mo‘ljallangan.  

Dushanbeda muzokaralar o‘tkazilib, 30dan ortiq hukumatlararo bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid