Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus Kanadadagi elchixonasini yopishga qaror qildi
Belarus Kanadadagi elchixonasini yopishga qaror qildi. Elchixona 2021 yil 1 sentyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
6 aprelda Belarus hukumatining yig‘ilishida prezident Aleksandr Lukashenko mamlakatning elchixonalari hamda diplomatik missiyalari xodimlari sonini optimallashtirishni taklif qilgan. O‘shanda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Belarusning faoliyati zarur tashqi iqtisodiy resurslarni keltirmayotgan diplomatik vakolatxonalari yopilishini ma'lum qilgan.
Kuzdan belarusliklar mamlakatning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.
Belarus tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilinishicha, “Belarusda 2020 yil avgustda o‘tgan prezident saylovlari natijalarining tanqidiy baholanishi va undan keyingi voqealar rasmiy Ottava tomonidan Belarusning mansabdor shaxslari, jumladan, mamlakat rahbariga nisbatan sanksiyalar kiritishiga sabab bo‘lgan”. Minsk javob chorasi sifatida Kanadaning ba'zi rasmiy shaxslarining Belarusga kirishini cheklab qo‘ygan.
Ayni vaqtda Belarus manfaatlarini xorijda 58ta davlatdagi 70ta vakolatxona bildiradi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025