O‘zbekiston | 11:46 / 25.05.2021
2238
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar o‘quvchi xalqaro universitet talabasi bo‘ldi

Kuni kecha Namangan viloyatida fizika, informatika va tarix fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
 
Unda viloyat bosqichlarida g‘olib chiqqan 111 nafar o‘g‘il-qiz ikki turda bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, fizika fanidan Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Umid Muhammedov, informatika fanidan Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azimjon O‘rinov, tarix fanidan Termiz Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Bekzod Pardayev olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Fizika va informatika fanlaridan 10 o‘quvchiga O‘zbekiston–Koreya xalqaro universitetida grant asosida imtiyozli o‘qish imkoniyatini beruvchi 12 ming 800 AQSh dollari miqdoridagi vaucher va sertifikat topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid