O‘zbekiston | 10:07 / 25.05.2021
7329
2 daqiqa o‘qiladi

XDP Surxondaryoda kaltaklangan deputat ishi surishtiruvi cho‘zilib ketayotganini bildirdi

Xalq deputatlari Boysun tuman kengashiga Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka saylangan O‘ktam Jabborov 13 aprel kuni bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan. Holat bo‘yicha Boysun tumani IIB jinoyat ishi ochgan. Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Bosh prokuratura va IIVga murojaat qilib mazkur ishni o‘z nazoratlariga olishni so‘ramoqda.

Ma'lum qilinishicha, kaltaklangan deputat ishi bo‘yicha Boysun tuman IIB tomonidan jinoiy ish ochilganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagan. XDP tergov harakatlarining cho‘zib yuborilishi jabrlanuvchi va uning yaqinlarining, shuningdek, partiyadoshlarining xavotiriga sabab bo‘layotganini bildirgan.

XDP Markaziy Kengashi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan mazkur jinoyat ishi tergovini nazoratga olishni, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mavzuga oid