O‘zbekiston | 13:30 / 26.05.2021
1280
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 9 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–5124-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan Andijon viloyatida:

  • Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid