AQSh bombardimonchi samolyoti Boltiq ustidan haqiqiy aviabombalar bilan uchib o‘tgan
AQShning B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti o‘tgan hafta Boltiq ustidan uchish vaqtida MK-82 aviabombalari bilan qurollangan bo‘lgan. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari ma'lum qildi.
Amerikalik harbiylar tomonidan e'lon qilingan fotosuratlarga ko‘ra, samolyot 21 may kuni Ispaniyadagi Moron aviabazasidan uchishi oldidan uning bomba bo‘lmasiga 9ta aviabomba yuklangan. Bombardimonchi umumiy hisobda 51ta MK-82 bombasini tashiy oladi.
Ta'kidlanishicha, samolyot Latviyadagi poligonga uchgan va u yerda «Latviya harbiy samolyotlari bilan birgalikda mashg‘ulot parvozlarini amalga oshirgan».
AQShda ma'lum qilinishicha, bunday missiyalar butun dunyo bo‘ylab har qanday tahdid va chaqiriqqa javob berish uchun zarur tayyorgarlikni oshiradi.
AQSh harbiy-havo kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi 24 may kuni 2ta B-52H Stratofortress bombardimonchisi Qora dengiz ustida parvoz amalga oshirib, hududdagi nishonlarga zarba berishni mashq qilganini ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 18 may kuni Ispaniyadagi Moron bazasiga AQShning Barksdeyl aviabazasidan B-52H Stratofortress tezkor guruhi kelgan.
Mavzuga oid
21:54
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024