Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada avtomashina olib beraman deb, fuqaroni 19 800 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada avtomashina olib berishni va'da qilib, fuqaroni 19 800 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.
Voqea 2020 yilning 3 dekabr kuni Farg‘ona shahrida fuqarolar S.B. hamda N.S. o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, fuqaro S.B. tanishi N.S.ning ishonchiga kirib, 19800 AQSh dollari evaziga “Exunox” rusumli avtomashina olib kelib berishini aytadi. U tanishi N.S.dan pullarni aldov yo‘li bilan olib, bergan va'dasini bajarmasdan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Xabarda hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.
Avvalroq, Farg‘onada 24 marta qoida buzgan haydovchi qariyb 28 mln so‘m jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
08:34 / 03.05.2025
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
17:21 / 28.04.2025