Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab direktori va'dasini bajaradimi?
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori Qahhor Xalilov ta'lim dargohida o‘tkazilgan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirida kutilmagan va'da berdi.
Navoiy viloyati XTB axborot xizmatiga ko‘ra, ota-onalar, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda maktab direktori oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan barcha bitiruvchilarning 50 foiz kontrakt pulini o‘z hisobidan to‘lashni, davlat granti asosida o‘qishga kirganlarga esa 1 mln so‘mdan mukofot puli berishini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Navoiy viloyatidagi maktablarni joriy o‘quv yilida 12 941 nafar bitiruvchi tamomlagan. Ularning 285 nafari maktabni oltin, 42 nafari esa kumush medal bilan yakunlagan.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:58 / 19.03.2025