Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Baydenni o‘ldirish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi
Jon Benjamin Tornton prezidentdan tashqari, mamlakatdagi qator rasmiy shaxslarni ham biryoqli qilishini bildirgan.
AQShning Nyu-Meksiko shtatida mamlakat prezidenti Jo Baydenni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar berdi KIDK.
Jon Benjamin Tornton prezidentdan tashqari, mamlakatdagi qator rasmiy shaxslarni ham biryoqli qilishini bildirgan. Tornton ularga ana shu mazmundagi maktublar jo‘natgan hamda Facebook sahifasida ham postlar joylagan.
FQBning bildirishicha, maktublar Torntonning telefonidan jo‘natilgan. Qayd etilishicha, u 2020 yilda ham ana shunday iddaolar bilan chiqqan, ammo o‘shanda Torntonga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
"2020 yil 11 noyabrda tahdidli xabarlar olgan bir necha kishi Tornton ustidan shikoyat qilgan", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025